Jahon bankining “Biznes muhiti qulayligi” loyihasi yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvining birlashtirilgan sharhlari bo‘yicha ma’lumot

15/04/2022 - 16:41 2949

Jahon banki tomonidan joriy yilning 5-fevral kuni Biznes muhiti qulayligi (Business Enabling Environment, BEE) loyihasining (keyingi o‘rinlarda - Loyiha) veb-sayti ishga tushirildi hamda joriy yilning 8-fevralidan–15-martiga qadar uning dastlabki konsepsiyasini ko‘rib chiqish, shuningdek, manfaatdor tomonlar va ekspertlar Loyihaning dolzarbligi, ko‘lami va yondashuvi haqida fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida tashqi maslahatlashuvlar jarayoni o‘tkazildi.

Mazkur maslahatlashuvlar jarayonida 200 ga yaqin davlatdan 700 dan ortiq tashkilot, shu jumladan, Jahon bankining barcha a’zo mamlakatlari hukumatlari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, xususiy sektor tashkilotlari, tahlil markazlari, xalqaro moliya institutlari hamda akademik ekspertlar tomonidan 410 ta fikr-mulohaza provayderlari orqali jami 2 000 dan ortiq sharh, jumladan, 20 foizga yaqin umumiy masalalar hamda 80 foiz texnik mavzuga oid fikr-mulohazalar taqdim etildi.

Joriy yilning 12-aprel kuni Jahon banki guruhi tomonidan Loyiha yuzasidan jamoatchilik maslahatlashuvining birlashtirilgan sharhlari (Public Consultation Consolidated Comments) keng jamoatchilikka e’lon qilindi.

Ushbu yuzasidan shaxsiy manfaatdor tomonlarga hech qanday javob berilmasligi ta’kidlandi. Loyiha jamoasi barcha manfaatdor tomonlarga ushbu jarayonga qiziqishlari va ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirgan holda, qayta ko‘rib chiqib, yakuniy Konsepsiya izohi tarqatiladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati