Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha 2021-yil II yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumot

17/12/2021 - 13:18 2661

I. Davlat organlari funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha kompleks mexanizmni joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari yuzasidan:

1. Avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish sohasida:

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi, shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto-video qayd etish vositalari o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan joylar dislokatsiyasi tasdiqlandi.

Hozirda “e-auksion.uz” veb-saytida muntazam ravishda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga sotish bo‘yicha lotlar joylashtirib kelinmoqda.

Respublika bo‘yicha 592 ta lotlar joylashtirilgan bo‘lib, shulardan 330 ta lot bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Viloyatlar kesimida olinganda eng ko‘p maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari sotuvga qo‘yilgani va g‘olib aniqlanganlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Izoh: Yuqoridagi grafikda sotuvga qo‘yilgan lotlar va g‘olib aniqlangan lotlar nisbatida ifodalangan.

Jami sotilgan lotlardan 16,629 mlrd. so‘m miqdorda byudjetga tushum kelib tushgan.

2. Jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi transport vositalarini tadbirkorlar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazish sohasida.

Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazi tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qarori ijrosi yuzasidan respublika bo‘yicha jami 107 ta tadbirkorlik subyektlariga M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha ruxsatnomalar berildi.

Izoh: Yuqoridagi grafikda viloyatlar kesimida ruxsatnomaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari soni ifodalangan.

3. Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash sohasida.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibini belgilash hamda kadastr muhandislari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar narxining minimal stavkalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi va Hukumatga kiritildi.

Kadastr agentligi tomonidan kadastr muhandisligiga talabgorlar uchun malaka oshirish o‘quv dasturi ishlab chiqildi, malaka imtihoni komissiyasi tarkibi va ish reglamenti tuzildi hamda test o‘tkazish elektron dasturi ishlab chiqildi.

Hozirgi kunda malaka oshirish o‘quv kursida o‘qishga va imtihon topshirgan holda, malaka shahodatnomasini olib kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan talabgorlar soni 100 nafardan ortdi.

Kadastr agentligi tomonidan kadastr muhandisligiga talabgorlar uchun malaka oshirish o‘quv dasturi ishlab chiqildi, malaka imtihoni komissiyasi tarkibi va ish reglamenti tuzildi hamda test o‘tkazish elektron dasturi ishlab chiqildi.

Onlayn tarzda 24 nafar shaxs malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdi va ularga o‘quv kursini tugatganligi haqida sertifikatlar berildi.

4. Davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etish sohasida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 221-son qarori bilan Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tadbirkorlik subyektlariga agent sifatida ishtirok etish uchun sertifikat berish tartibi belgilandi.

Agent xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqildi va joriy yilning iyun oyida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tkazildi va tasdiqlandi.

Nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quv kursini tamomlagan talabgorlar ishtirokida komissiya tomonidan test sinovlari o‘tkazildi hamda Namangan va Samarqand viloyatlarida faoliyat yurituvchi 2 nafar talabgorga agent sertifikati berildi.

II. Davlat aktivlarini xususiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yuzasidan:

Joriy 2021-yilda yanvar-noyabr oylarida 4,5 trillion so‘mlik 619 ta davlat aktivi sotildi. 2021-yil yakuniga qadar yana 300 ga yaqin 1,6 trln. so‘mlik davlat mulki sotilishi rejalashtirilmoqda.

Respublika bo‘yicha 2021-yil 10 oyda sotilgan davlat aktivlari.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati