COVIDdan keyingi yashil o'sish - "Yashil iqtisodiyot"ga o'tishning asosiy shartlariga nazar

15/09/2021 - 12:14 3917

"Post-COVIDda yashil o‘sish – yashil iqtisodiyotga o‘tishning asosiy shartlariga umumiy nuqtai nazar" O‘zbekiston Respublikasida "yashil o‘sish" va "iqlim o‘zgarishi" bo'yicha o'n bir strategik dialoglar ko‘rinishida o‘tkazildi. Shuningdek, manfaatdor tomonlar bilan birga O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o'tishini tezlashtirish maqsadida 2021-yil dekabr oyi oxirigacha uchrashuvlar tashkil etishni davom ettirish rejalashtirildi. 

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Jahon banki va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda qator davra suhbatlari o'tkazilmoqda.

O'zbekistonning yashil iqtisodiyotga o'tishining asosiy shartlarini muhokama qilish uchun tadbirda davlat organlari vakillari, iqtisodiyotni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha yetakchi ekspertlar, shuningdek fuqarolik hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Ishtirokchilar jahon tajribasi asosida mamlakat rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari va xususiyatlarini hisobga olib, O'zbekistonda yashil iqtisodiyotga o'tish bosqichlarini muhokama qildilar. 

Uchrashuv ishtirokchilaridan – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshlig‘i O‘tkirjon Xolbadalov O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishning shartlaridan biri sifatida yashil iqtisodiyotga o‘tishi kerakligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, rejalashtirilgan iqtisodiy islohotlar yashil iqtisodiyotga o'tish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunday o‘sish modeli tabiiy va energiya resurslaridan barqaror  va samarali foydalanishni ta’minlaydi, ifloslanishni minimallashtiradi, iqlim va atrof-muhitga ta’sirni kamaytiradi, tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshiradi va biologik xilma-xillikni saqlashni ta’minlaydi.

Jahon bankining iqlim o‘zgarishi guruhining yetakchi iqtisodchisi Stefan Xallegatning fikricha, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonini boshqa rivojlanish maqsadlari bilan birgalikda ko‘rib chiqish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi statistik tahlil bo‘limi boshlig‘i Nodirjon Sadriddinov uchrashuv ishtirokchilarini O‘zbekistonning yashil o‘sish rejalari bilan yaqindan tanishtirdi. Unga ko'ra, 2030-yilga kelib O'zbekiston Respublikasi ekologik transport turlaridan keng foydalanish, yer degradatsiyasining neytral muvozanatiga erishish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining o'rtacha hosildorligini 20–25 foizgacha ko'paytirish kutilmoqda. 

Shu bilan birga, xalqaro tashkilot vakillari ishtirokchilarni yashil hamkorlikka o'tishda O'zbekistonni qo'llab-quvvatlash bo'yicha xalqaro hamkorlarning tashabbuslari haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi, Jahon banki va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi hamkorligida davra suhbati formatidagi navbatdagi 9 ta strategik dialog 2021-yil dekabr oyining oxirigacha har oyda ikki marotaba o'tkaziladi. Ushbu dialoglar davomida sanoat va iqtisodiyotning yashil, past uglerodli rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, iqlim o'zgarishiga chidamliligini oshirish, yashil moliyalashtirishni jalb qilish, shuningdek yashil o'sishga o'tishni tezlashtirish va iqlim o'zgarishiga qarshi ko'rsatish bo'yicha Yo'l xaritasini ishlab chiqish mavzularida davra suhbatlari o'tkazilishi kutilmoqda.

Bu kabi davra suhbatlarining o‘tkazilishi endilikda manfaatdor tomonlarni birlashtirgan holda O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligiga erishishni tezlashtiruvchi mavjud usullarni qo‘llash, 2021–23-yillardagi iqlim o'zgarishi strategiyasi loyihasida va hukumatning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish masalasi bo‘yicha muammolar muhokama qilinadi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati