O‘zbekiston Respublikasi ilk marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sanoat siyosati bo‘yicha Kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi o‘tkazdi

17/05/2021 - 11:13 5977

Joriy yilning 14-may kuni MDH sanoat siyosati Kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi raisligida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning 8-may kuni Ozbekiston Respublikasida sanoat sohasida hamkorlik va Mustaqil Davlatlar Hamdostligiga a’zo davlatlarning sanoat siyosati boyicha Kengashini tuzish togrisidagi Bitim kuchga kirdi.

Hujjat Tomonlarning muvofiqlashtirilgan sanoat siyosatini olib borish uchun sanoat sohasidagi ozaro aloqalariga xizmat qiladi; shuningdek, MDHga azo davlatlarning sanoat siyosati Kengashi faoliyatining tashkiliy-huquqiy masalalarini tartibga soladi.

Bitimni amalga oshirish uchun, shu jumladan MDHga a’zo davlatlarning sanoat siyosati Kengashi doirasidagi ozaro aloqalari uchun mas’ul vakolatli organ Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi etib tayinlandi.

Ushbu tadbirda Belorusiya Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi, Qirg‘iziston Energetika va sanoat vazirligi, Rossiya Sanoat va savdo, energetika va qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillari va rahbarlari, shuningdek, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya Kimyoviy-texnologiya universiteti fanlari bo‘yicha prorektori, va MDH Ijroiya qo‘mitasining iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori o'rinbosari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi 5 ta loyiha hujjati va axborot-tahliliy materiallarni qamrab olgan 12 ta masala ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi, shu jumladan:

MDHga a’zo davlatlarning kimyo va yoqilg‘i-energetika sohalarini raqamli o‘zgartirish kontseptsiyasi loyihalari va ularni amalga oshirish bo‘yicha ustuvor chora-tadbirlar rejalari;

MDHga a’zo davlatlarning kimyo muhandisligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plami loyihasi;

MDHga a’zo davlatlarning fuqarolik kemasozligini rivojlantirish va kema uskunalarini ishlab chiqarishda hamkorligi to‘g‘risida Bitim loyihasi;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida 2030-yilgacha bo‘lgan davrda ishlab chiqarish (sanoat) kooperatsiyasini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini ishlab chiqish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash doirasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan a’zo davlatlar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning kontseptual yo‘nalishlari dasturi loyihasi taqdim etildi va muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: 2020-yil 18-dekabrda bolib o'tgan MDH davlatlari rahbarlarining sammitida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHda sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish tashabbusini taklif qilgan edi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni MDHda elektr transport vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini e’lon qildi.

Uchrashuv yakunida yig‘ilish ishtirokchilari 12 ta qarorni imzoladilar, Kengashning navbatdagi yig‘ilishini 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazish, shuningdek, sanoat sohasida, shu jumladan, ushbu Kengash doirasida o‘zaro aloqalarni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati