Fransiyaning "Rothschild & Cie" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

11/05/2021 - 10:58 4562

Joriy yilning 10-may kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorovning Fransiyaning "Rothschild & Cie" kompaniyasi, "O'zbekneftgaz" AJ shuningdek "O'ztransgaz" AJ vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Moliya vaziri Timur Ishmetov, Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasritdinxojaev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, "O'zbekneftgaz" AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev, "O'ztransgaz" AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Sayidov va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

 

Muzokaralar yakunida "O'zbekneftgaz"AJ va "Rothschild & Cie" kompaniyasi o‘rtasida Moliyaviy maslahat xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi imzolandi. Shuningdek, "Rothschild & Cie" va Moliya vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumiga ham imzo chekildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati