Fransiya taraqqiyot agentligi rasmiylari bilan uchrashuv
09/04/2021 - 16:59 4336
Joriy yilning 31 mart kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligi Toshkentdagi vakolatxonasi direktori Vinsent Kopen boshchiligida Fransiya taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda FTA) rasmiylari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʻlumot uchun: FTA - Fransiya hukumati siyosatini amalga oshiruvchi davlat moliya muassasasi. FTA faoliyatining asosiy maqsadi kambagʻallikka qarshi kurashish va hayotni yaxshilash loyihalari va yashil loyihalarni moliyalashtirish (kreditlar va grantlar) orqali barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashdir.

Uchrashuv davomida tomonlar budjetni qoʻllab-quvvatlashning yangi dasturiga taklif etilayotgan yondashuvlarni (Policy Based Lone), yashil Iqtisodiyot strategiyasining hozirgi holati va amalga oshirilishi, institusional asos, shuningdek strategiyani amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan harakat rejasining asosiy yoʻnalishlari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb etish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv boshida Fransiya tomoni yashil fiskal qoidalarga oʻtish asoslari va ularning afzalliklari toʻgʻrisida taqdimot olib bordi.
Shu munosabat bilan, FTA “WaterwaterhouseCoopers” (PwC) kompaniyasini Oʻzbekistonda tajriba oʻtkazuvchi davlatlardan biri sifatida yashil byudjetni shakllantirish amaliyotini tahlil qilish uchun chuqur oʻrganish uchun jalb qilganligini xabar qildi.
FTA vakillari “Agentlik oʻz xizmatlarining sifatini oshirishga va yashil byudjet va budjet mexanizmlari sohasida sheriklarini qoʻllab-quvvatlashga va bu oʻz oʻrnida kam uglerodli iqtisodiyotga oʻtish va milliy belgilangan hissalarga erishish uchun haqiqiy tarkibiy vositalar sifatida harakat qilishini intilishini” taʻkidladi.

Oʻzbekiston tomoni “Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga qadar “yashil iqtisodiyot”ga oʻtishi boʻyicha tasdiqlangan strategiyasiga muvofiq, quyidagilar nazarda tutilganini maʻlum qildi:
- iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish;
- energiya isteʻmolini diversifikatsiya qilish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish;
- iqlim oʻzgarishi oqibatlarini moslashtirish va yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni saqlash;
- “yashil iqtisodiyot”ni qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va moliyaviy boʻlmagan mexanizmlarini ishlab chiqish.
Uchrashuv yakunida FTA vakillari Oʻzbekistonda “Yashil iqtisodiyot” strategiyasini amalga oshirish uchun ikki tomonlama texnik va moliyaviy yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati