Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi ekspertlari o`rtasida onlayn suhbat o`tkazildi
22/12/2020 - 15:25 7965
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturi ekspertlari o`rtasida video konferens-aloqa ko`rinishida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda xizmatlar sohasining joriy holati uni yanada rivojlantirish bo`yicha fikr almashildi.
Shuningdek uchrashuv davomida ushbu sohani yanada chuqurroq o`rganish hamda birgalikda O`zbekiston respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati