“Biznes yuritish 2022” hisoboti uchun belgilangan KPI ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida rejalashtirilgan chora-tadbirlar to'g'risida navbatdagi uchrashuv
08/10/2020 - 12:38 4262
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003 sonli Farmoni bilan belgilab berilgan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasi o’rnini yaxshilash va ushbu reyting bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun 2021 yilga rejalashtirilgan chora-tadbirlar to’g’risida vazirlik va idoralararo ma’lumot almashish yuzasidan joriy yilning 7-oktyabr kuni navbatdagi videkonferensiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mas’ul vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashga biriktirilgan 26 nafar mas'ul department boshliqlari va mutaxassislari qatnashdilar.
Onlayn tarzda o’tkazilgan uchrashuv davomida ishtirokchilarga xalqaro reytinglar uchun mas'ul etib belgilangan "Biznes yuritish" va boshqa xalqaro reytinglar bilan ishlash boshqarmasi boshlig’i tomonidan bisnes yuritish bo’yicha ko’rsatkichlarining O‘zbekiston Respublikasini xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi ahamiyati, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni yechishga qaratilgan masalalar bilan tanishtirildi.
Xususan, 2021-yil uchun ishlab chiqilishi rejalashtirilgan “Yo‘l xaritasi” bo’yicha olib borilayotgan ishlar jadal sur’atda ekanligi, tegishli mas’ul idoralardan chora-tadbirlar rejasi, ularni amalga oshirish mexanizmi hamda erishilayotgan natijalarni aholi, jumladan jismoniy va yuridik shaxslarning kundalik hayotida o‘z aksini topayotganligini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib etish katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, “Biznes yuritish” reytingida KPI ko’rsatkichlariga erishishda har bir indikatorlar uchun mas’ul tegishli vazirlik va idoralardan mavjud muammolar, shu bilan birga biznes muhitini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejasi taqdim etilishi hamda ularning o’z vaqtida ijrosini ta’minlashga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning oktyabr oyida Jahon banki tomonidan nashr qilinishi rejalashtirilgan “Biznes yuritish 2021” yillik hisoboti vaqtinchalik noma’lum muddatga kechiktirilishini xabar qilingan edi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati