Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka kreditini ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilindi.

07/10/2020 - 20:46 4252

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi “Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun ipoteka krediti ajratishning soddalashtirilgan tizimini joriy qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

   Mazkur qaror bilan tajriba tariqasida Andijon viloyatining Andijon shahri, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlari aholisiga «Ipoteka-bank» ATIB va «Qishloq qurilish bank» ATBlari tomonidan ipoteka kreditlarini mijozning tanloviga ko‘ra, xo‘jalik usulida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun soddalashtirilgan tizimda qarz oluvchining ya’ni mijozning bank plastik kartochkasiga bosqichma-bosqich pul o‘tkazish yo‘li bilan mablag‘lar ajratilishi imkoniyati yaratildi.

Bunda mijoz tijorat bankining filialiga quyidagi xujjatlarni taqdim etadi:

1. Uy-joy loyihasi.

2. Fuqarolik pasporti nusxasi

3. Oylik daromad (ohirgi uch oy uchun)



Bank quyidagi shartlar asosida ipoteka kreditini ajratadi

- Kreditning muddati – 20 yil;

- Kreditning maskimal summasi 320 mln.sum;

- Imtiyozli davr – 6 oy;

- Boshlang‘ich badal – 10%;

- Foiz stavkasi miqdori – 17%



   Ushbu qarorning afzalliklari shundan iboratki Andijon viloyatining Andijon shahri, Qo‘rg‘ontepa va Shahrixon tumanlari aholisini eng avvalo uy-joy sharoitini yaxshilash imkonini beradi. Shu bilan birga aholi tomonidan uy-joy qurilishiga sarf etiladigan xarajatlar, qurilish tashkilotlari tomnidan qurilgan uylarga nisbatan arzon bo‘ladi, aholi qo‘shimcha ish bilan ta’minlanadi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xajmini oshishiga olib keladi.

Iqtisodiy taraqqiyet va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmati.