Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot
29/07/2020 - 11:19 14125
Respublikamizda aholi sonining ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi munosabati bilan suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo‘naltirilgan suv ta’minoti tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha kafolatlangan moliyalashtirish manbalarini yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2910-sonli “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi (keyingi o‘rinlarda - Jamg‘arma).
Ushbu jamg‘armaning daromad manbalari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha tushumlarga mos ravishda Davlat byudjetidan ajratiladigan ajratmalar;
maqsadli byudjet ajratmalari;
xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;
xalqaro donorlarning grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining mablag‘lari;
jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisoblanadi.
Qaror bilan bilan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash bo‘yicha tasdiqlangan Dasturlarni amalga oshirilishi uchun o‘z vaqtida moliyalashtirilishini tashkil etish, Investitsiya dasturlarini shakllantirishda zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori va manbalari bo‘yicha takliflar tayyorlash Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Ta’kidlash joizki, har yili Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan respublika hududlarida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi nisbatan past bo‘lgan hududlar o‘rganib chiqilib, mahalliy hokimliklarda tashkil etilgan suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash bo‘yicha komissiyalar bilan kelishilgan holda kelgusi yillarda amalga oshirlishi lozim bo‘lgan loyihalar ro‘yxati tuziladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2019 yilda bir qator tadbirlar amalga oshirildi, shuningdek 2020 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar rejasi tasdiqlab olindi. Jumladan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
19 dekabrdagi PQ-4067-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Jamg‘arma hisobidan respublikamizda ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash uchun
1,1 trln. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-2019 yillarda hududlarga amalga oshirgan tashriflarida davomida bergan topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va farmoyishlariga muvofiq 2019 yilda qo‘shimcha ravishda 635 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur ajratilgan mablag‘lar doirasida 2020 yilning 1 yanvar holatiga haqiqatda bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun Jamg‘arma hisobidan 1 664 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashtirilib berilgan.
2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida 150 ta hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 165 ta aholi punktlarida joylashgan 477 ta ichimlik suvi va 8 oqova suv inshootlarida qurilish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilib, 4 681 km uzunlikdagi ichimlik suvi va 215 km uzunlikdagi oqova suv quvurlari yotqizildi.
Natijada, 2020 yilning 1 yanvar holatiga respublika aholisini ichimlik suv bilan ta’minlash darajasi 68 foizdan 70 foizga oshdi.
Jumladan, 2018-2019 yilgi Investitsiya dasturlari doirasida Jamg‘arma hisobidan Surxondaryo viloyatida “Boysun tuman markazi va qishloq aholi yashash punktlarini “Xo‘jamayxona” bulog‘idan suv bilan ta’minlash” loyihasi uchun 51 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, ob’ekt foydalanishga topshirildi hamda Boysun tuman markazi va unga tutash bo‘lgan qishloq aholi punktlarida yashovchi 50 mingdan ortiq aholi kafolatlangan va sifatli toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
10 yanvardagi PQ-4565-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Jamg‘arma hisobidan 216 ta ob’ektda
3400 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 120 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 1 277 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida O‘zbekiston Respublikasi ulushini moliyalashtirish uchun 78 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Mazkur mablag‘lar hisobiga 2020 yilda jami 650 mingdan ortiq aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olish va ta’minlanganlik darajasini 72 foizgacha oshirish, shuningdek 75 mingdan ortiq aholini oqova tozalash xizmatlari bilan ta’minlashga erishiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
19 martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash ishlariga 2020 yilgi Investitsiya dasturiga qo‘shimcha ravishda 500,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bugungi kunda Hukumatimizning tegishli topshirig‘iga muvofiq mazkur ajratilgan mablag‘lar amalga oshirlishi lozim bo‘lgan 59 ta loyiha uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan jami 145,0 mlrd. so‘m mablag‘lar moliyalashirilib berilgan.
Qayd etish lozimki, 2019-2020 yillar Investitsiya dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan:
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelgan va azaliy orzusi hisoblangan sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Dehqonobod tumanida 77 km lik “Oqsuv – Dehqonobod” suv quvuri va “Oqsuv” suv olish inshootini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 205 mlrd.so‘m bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 151 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Ushbu ob’ektda qurilish-montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Mazkur loyiha Dehqonobod tuman markazi hamda 15 ta qishloq aholi punktlarida yashovchi 106 mingdan ortiq aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti og‘ir va sifat darajasi past bo‘lgan Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahrida yashovchi 500 mingdan ortiq aholini markazlashtirilgan sifatli suv ta’minoti bilan qamrab olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi PQ-3695-sonli qarori bilan “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatining ichimlik suvi ta’minotini tizimini yaxshilash” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 457 mlrd.so‘m bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 173 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan. Ushbu ob’ektda qurilish-montaj ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi
Axborot xizmati