Vazirlik "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasining A komponenti koordinatori lavozimiga taklif etadi
18/05/2020 - 12:59 7446
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasining A komponenti koordinatori lavozimiga taklif qiladi.
Talablar:
O'zbekiston Respublikasiga Xalqaro Rivojlanish Uyushmasidan (XRA) va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Bankidan “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun kredit taqdim etildi. Loyihaning maqsadi energiya tejashgaqaratilgan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirishdir. Loyiha ikki tarkibiy qismdan iborat: (a) energiya samaradorligi sohasidagi salohiyatni oshirish (b) ishtirok etayotgan banklar tomonidan boshqariladigan sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan investititsiyalar uchun kredit liniyasi.
Energiya samaradorligini oshirish salohiyatining tarkibiy qismining vazifalari quyidagilardan iborat: (i) sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish strategiyasini ishlab chiqishda ko'maklashish, va o`z navbatda O'zbekiston hukumatiga ushbu yo'nalishdagi ishlarni samarali amalga oshirish, tizimli ravishda kengaytirishga imkon beradi; (ii) sanoat sohasida energiya samaradorligini oshirish bo'yicha loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo'yicha maqsadli treninglar tashkil qilish; (iii) loyihani amalga oshirishni muvofiqlashtirish uchun javob beradigan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhini (LMG) yaratish va olib boradigan ishlarida qo'llab-quvvatlash. Kredit liniyasini qo'llab-quvvatlash komponenti ishtirok etuvchi banklar tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi loyihani amalga oshirish va energiya samaradorligi masalalarida salohiyatni rivojlantirish bo'yicha asosiy muvofiqlashtiruvchi (koordinator) hisoblanadi. Vazirlik huzurida Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi mavjud va ushbu komponentga loyiha koordinatori jalb qilinadi.
"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" A komponenti muvofiqlashtiruvchisi lavozimi uchun texnik vazifa
A komponenti koordinatoriga yuklangan vazifalar:
- 1. Energiya samaradorligini oshirish bo'yicha loyihani amalga oshirishni umumiy va kunlik muvofiqlashtirish, shu jumladan energiya samaradorligi masalalari bo'yicha treninglarni muvofiqlashtirish, baholash va monitoring o`tkazish va boshqalar.
- Energiya samaradorligini oshirish loyihasining A komponenti bo'yicha yollangan mahalliy va xorijiy maslahatchilarning ishini boshqarish, shu jumladan shartnomalar bo'yicha natijalarni monitoring qilish, kerak bo'lganda javob choralarini ko'rish, shuningdek, loyihani amalga oshirishning bosh rejasiga muvofiqligi bo'yicha maslahatchilar ishini muvofiqlashtirish.
- Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi xodimlari uchun tashkiliy ko'nikmalarni rejalashtirish va rivojlantirish, ingliz tilini o'rgatish, Jahon bankining qoidalariga muvofiq xaridlarni tashkil etish, shuningdek Jahon bankining kreditlarini olish tartiblari va boshqa masalalarda qisqa muddatli o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish. (agar bunga ehtiyoj bo`lsa).
- Jahon bankining tartibiga muvofiq, loyiha talablari va loyiha hisoboti bo'yicha boshqa talablarga muvofiq loyiha natijalari bo'yicha b-atafsil hisobotlarni tayyorlashda ishtirok etish.
- Konsultantlardan olingan hisobotlar va hujjatlarni qayta ishlash va umumlashtirish, ularni loyiha rejalariga muvofiq kompleks hujjatlarga tizimlashtirish;
- Barcha manfaatdor tomonlar bilan loyiha hisobotlari va hujjatlariga tegishli keng formatli va ochiq konsultatsiyalar, munozaralar va ekspert baholashlar o'tkazilishini ta'minlash, davra suhbatlari, seminar va treninglar shaklidagi muhokamalar tashkil etish.
- Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi direktoriga mas'ul tomonlar bilan hamkorlik strategiyasini aniqlash va qo'llab-quvvatlash, shuningdek tavsiyalar berish va loyiha faoliyatini takomillashtirishda yordam berish;
- Loyihaning A komponentini muvofiqlashtirish uchun zarur bo'lgan barcha boshqa vazifalar.
Xizmat muddati:
Komponent koordinatori to'liq ish kuniga(to`liq bandlik) yollanadi. Konsalting xizmatlarini bir yil davomida amalga oshiradi. Shartnoma loyihaning oxirigacha uzaytirilishi mumkin. Biroq, 3 oylik sinov muddati davomida, ish qoniqarsiz bajarilgan taqdirda shartnoma bekor qilinishi mumkin.
Komponent koordinatorining tajribasi va malakasiga qo'yiladigan talablar:
Komponentlar koordinatori muhandislik / menejment / iqtisod sohasidagi darajaga ega bo`lishi kerak, shuningdek tegishli sohada kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi kerak, ulardan ishlab chiqarish / boshqarish masalalari bo'yicha 3 yillik tashkiliy tajribasi, boshqarish va jamoalarda ishlash bo'yicha tasdiqlangan ko'nikmalarga ega bo'lishi va energiya samaradorligi sohasida tajribaga ega bo`lishi kerak.
Komponent koordinatori muvaffaqiyatli tajribaga ega bo'lishi kerak. Bundan tashqari, koordinatorning O'zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, xalqaro moliya institutlari va ikki tomonlama tashkilotlar bilan ishlash tajribasi, shuningdek xalqaro yoki boshqa yirik loyihani amalga oshirish tajribasi bo'lishi ijobiy baholanadi. Ingliz, rus tillarini bilishi (yozma va og'zaki) , shuningdek kompyuterda ishlay olishi kerak. Xalqaro tashkilotlarning tartiblarini qo'llash bo'yicha bilim va tajriba ijobiy baholanadi.
Mutaxassislarning xizmatlari uchun to'lov:
- Ish haqi tanlangan nomzod bilan muhokama qilinadi.
Ariza topshirishning so'nggi muddati - 2020 yil 17-iyun.
Arizalar (Resume) quyidagi electron adres bo`yicha yuborilishi kerak:
Ma'lumotlar uchun telefon: 232-64-19