Markaziy bankda qo‘shma onlayn brifing o‘tkaziladi
14/04/2020 - 19:40 5591
2020 yil 15 aprel kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilishi yakunlari va unda qabul qilingan qaror yuzasidan onlayn brifing o‘tkaziladi.
Brifingda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov va Moliya vaziri Timur Ishmetov ishtirok etadi.
Hurmatli OAV vakillari va blogerlar, agar Sizda mamlakatimizdagi makroiqtisodiy holat va pul-kredit sohasiga doir savollaringiz bo‘lsa press@cbu.uz, ijro@cbu.uz elektron pochta manzillari yoki @CentralBankUzbekistan_bot @MoliyaPress @Economy_Press telegram bot orqali 15 aprel soat 10:00 ga qadar yo‘llashingiz so‘raladi.