Tayinlov

25/11/2019 - 10:59 5575

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 noyabrdagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Saxib Ismailovich Saifnazarov O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi jamoasi Saxib Ismailovich Saifnazarovni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Axborot xizmati