Ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

16/11/2019 - 19:15 6213

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 18 noyabr kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida navbatdagi O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘z ishini boshlaydi va 22 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Shu kuni, tadbirning rasmiy ochilish marosimi qismidan so‘ng, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi rahbariyati ishtirokida davlatimiz rahbarining joriy yil may oyida sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun maxsus brifing tashkil etiladi.

Xususan, OAV vakillariga Elektron kooperatsiya portali (www.cooperation.uz), platformasi orqali hamkorlar topish, xo‘jalik, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, unda sanoat mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini (kontraktlarni) tezkorlik bilan masofadan tuzish imkoniyatini taqdim qilish hamda barcha manfaatdor doiralarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish haqida axborot taqdim etiladi.

Ushbu tadbirda qatnashish yuzasidan (97) 722-20-80 raqamiga yoki press@mineconomy.uz elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin.