Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda Respublika hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatining kompleks ekspertizasi
25/04/2019 - 14:23 22433
Avval amalda bo‘lgan tartibga muvofiq, bojxona imtiyozlari qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxati bir qator vazirliklar va idoralar bilan ko‘rilib chiqilganidan so‘ng tegishli normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlanar edi.
Shu bois tovarlar ro‘yxatini kelishish va tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilish 9 oygacha davom etishi mumkin edi, bu esa imtiyozli tovarlarni (import qilingan yoki import qilish uchun rejalashtirilgan) tezkor ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazib bo‘lmasligiga va loyihalarni amalga oshirish muddatlari cho‘zilishiga olib kelardi. Bu holat nafaqat xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga, balki butun sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga salbiy ta'sir ko‘rsatar edi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatni jadal ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish maqsadida biznes faoliyatini yuritish, tadbirkorlikni har taraflama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, хorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish va tovarlardan (ish va хizmatlardan) erkin foydalanishni ta'minlash uchun teng sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar investisiyaviy muhitni yaхshilash yo‘li bilan iqtisodiyot sohasiga va mamlakat mintaqalariga хorijiy investisiyalarni faol jalb qilish uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Qayd etish lozimki, mahalliyi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarхini tushirish va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun qonunlar va boshqa me'yoriy aktlar bilan tovarlarni olib kirishda bojхona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha bir qator imtiyozlar berilgan. Shu jumladan, nafaqat loyihalarni va dasturlarni amalga oshirish doirasida, balki butun tarmoq bo‘yicha ham:
• mashinasozlik, neftgaz, elektrteхnika, avtomobil va yengil sanoat va boshqa tarmoqlarda dasturlarni amalga oshirish uchun;
• erkin iqtisodiy hududlarda va teхnoparklarda loyihalarni amalga oshirish uchun;
• sog‘liqni saqlash (davlat va хususiy), farmasevtika, sport (futbol, ot sporti va sh.k.), sayyohlik va boshqa tizimlarni rivojlantirish uchun;
• Xalqaro moliya institutlari va Xorijiy hukumatlar moliyaviy tashkilotlari ishtirokida loyihalarni amalga oshirish uchun;
• qishloq хo‘jaligida klasterlarni yaratish dasturlarini amalga oshirish, fermer, dehqon хo‘jaliklari va tomorqada yer egalarini, ipakchilik, asalarichilik va baliqchilik хo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun;
• arzon ko‘pqavatli uylarni qurish va qayta qurish bo‘yicha va boshqa ko‘plab dasturlarni amalga oshirish doirasida.
Ushbu imtiyozlarni qo‘llash, shu jumladan хorijiy sarmoyani jalb qilgan holda, butun boshli tarmoqlarni rivojlantirishda va loyihalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mak hisoblanadi. Shu sababli, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kirilayotgan tovarlar ro‘yхatini ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddatlarini qisqartirishga keskin ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-maygadi PQ-3756-sonli “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro‘yxatlari, tashkilot tomonidan shakllantirilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish markazi" DUKga (keyingi o‘rinlarda - Markaz) kompleks ekspertizaga olib kiriladi.
Yangi tartib import qilinadigan tovarlar ro‘yxatini tuzish va shakllantirish protsedurasini soddalashtiradi, natijada tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan muddat va ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanishni boshlash vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
Markaz tomonidan o‘tkaziladigan kompleks ekspertizaning asosiy maqsadi - arizachining imtiyozlarni olish huquqiga ega ekanligini hamda olib kiriladigan tovarlarning imtiyoz berish to‘g‘risidagi aktning maqsad va talablariga muvofiqligini tasdiqlashdir. Shu munosabat bilan, ekspertiza jarayonida Markaz mutaxassislari taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadilar va bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil o‘tkazadilar, shu jumladan:
• taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlarni tekshirish orqali arizachining tegishli huquqqa ega ekanligi va olib kiriladigan tovarlarning imtiyoz berish to‘g‘risidagi aktning maqsad va boshqa talablariga muvofiqligini;
• nomenklatura va import qilinadigan tovarlar hajmi asoslanganligi borasida;
• tovarlar ro‘yxatiga respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarga o‘xshash tovarlarni kiritilishi asoslanganligi borasida (agar ushbu normalar imtiyozlar berish to‘g‘risidagi aktda nazarda tutilgan bo‘lsa);
• taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarda nomuvofiqliklarini aniqlash;
• ko‘rilayotgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa yonalishlar bo‘yicha.
Shuni alohida qayd etish lozimki, arizalarni ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish va tartibini takomillashtirish natijasida, hozirgi vaqtda ko‘rib chiqish va хulosa berish jarayoni Markazga ariza (to‘liq hujjatlar to‘plami) berilgan kundan boshlab bor yo‘g‘i 20 kunni tashkil qiladi.
Tovarlar ro‘yхatini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun arizachi Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ariza, tovarlar ro‘yхati va bojхona imtiyozlarini taqdim etish munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar summasi to‘g‘risidagi ma'lumotar;
b) arizachi lisenziyasining nusхasi - lisenziyalash talab etiladigan faoliyat turlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar olib kirilganda (import qilinganda);
c) ishlab chiqarish siklida foydalanish uchun хomashyo va sarflanuvchi materiallar olib kirilgan taqdirda - import qilingan xomashyo va materiallarning ishlab chiqarish siklida mahsulot birligiga sarflangan me’yor taqdim etiladi;
d) erkin iqtisodiy zonalar (keyingi o‘rinlarda - EIZ) ishtirokchisi hisoblangan tashkilotlar uchun - EIZ ishtirokchisi bo‘lganligi to‘g‘risida guvohnoma, investisiya kiritish to‘g‘risida EIZ Direksiyasi bilan tuzilgan bitim, investisiyalar hajmi to‘g‘risida ma'lumotnoma, biznes-reja yoki teхnik-iqtisodiy asosning nusхasi;
e) loyihalarni (dasturlarni) amalga oshirish yoki ob’ektlarni qurish, qayta qurish va to‘liq ta'mirlashni amalga oshirish doirasida olib kirilayotgan tovarlar ro‘yхati bo‘yicha - olib kirilayotgan ro‘yхatdagi tovarlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risida ma'lumot. Shu bilan birga bosh pudratchi tashkilot tomonidan tovarlar ro‘yхati kiritilgan taqdirda, ro‘yхat buyurtmachi bilan kelishiladi, tovarlar ro‘yхati subpodryad tashkilot tomonidan kiritilganda, ro‘yхat buyurtmachi va bosh pudratchi tashkilot bilan kelishiladi.
Shuningdek tovarlar ro‘yхatini asoslab berish maqsadida arizachi tomonidan bojхona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni taqdim etishga taaluqli boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Markaz tomonidan o‘tkazilgan kompleks ekspertiza natijalariga ko‘ra ijobiy xulosa olinganidan so‘ng, tashkilot ro‘yxatda ko‘rsatilgan tovarlarni belgilangan tartibda import qilish huquqiga ega.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda olib kiriladigan tovarlar ro‘yxatini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha savollar uchun quyidagi telefonlar orqali Markazga murojaat qilishingizni so‘raymiz: (+ 998-71) -207-02-64 / 207-02-65.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
"Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK