Markaz O‘zbekiston Respublikasi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni ekspertizadan o‘tkazadi

15/04/2019 - 14:12 21540

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK investitsiya va infratuzilma loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi №PQ-3550 sonli "Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlangan "Investitsiya va infratuzilma loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi" nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK (keyingi o‘rinlarda – Markaz) quyidagi hujjatlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi: 

- loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar (keyingi o‘rinlarda - TT);

- investitsiya va infratuzilma loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini (texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (TIA/TIH));

- loyiha hujjatlarni (namunaviy loyihalar).

Yuqoridagi qarorning talablariga binoan, qu‘yidagi loyihalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan hujjatlar kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi:

a) Byudjet tizimining byudjet mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan:

infratuzilma loyihalari bo‘yicha namunaviy va qayta qo‘llaniladigan loyihalar (ijtimoiy soha va uy-joy fondi ob’ektlari qurilishi bo‘yicha);

qiymati 10 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan – individual hamda boshqa investitsiya va infratuzilma loyihalari;

b) O‘zbekiston Respublikasini Prezidentining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar;
c) Ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan, shuningdek, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ustav fondi (kapital)ning 50 foizi va undan ko‘prog‘i yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan amalga oshiriladigan qiymati ekvivalentda 5 million AQSh dollaridan ko‘proqni tashkil etuvchi loyihalar;
d) Moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar, strategik foydali qazilma boyliklari qazib olinishi va/yoki qayta ishlanishini nazarda tutuvchi loyihalar.

Yuqorida ko‘rsatilgan mezonga mos tushadigan loyihalar tashabbuskorlari Soha ilmiy-teхnik kengashi bilan kelishilgan holda quyidagilarni ishlab chiqishadi:

- TT - TIA/TIH ishlab chiqishda;

- texnik-iqtisodiy asoslar (TIA) - investitsiya loyihalarini amalga oshirishda;

- texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (TIH) - infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda.

Agar Markaz tomonidan hijjatlar bo‘yicha kamchiliklar aniqlansa, Markaz loyihaoldi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va takroran kiritish uchun kamchiliklari ko‘rsatilgan holda xulosa beradi. Kamchiliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda ijobiy хulosa beriladi. 

Loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizasi quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

- TT uchun – 15 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda;

- loyihaning TIA/TIH – 30 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda.

Markaz tomonidan quyidagi maqsadlarda ekspertiza o‘tqaziladi: 

a) Texnik topshiriqning:

- yuqorida ko‘rsatilgan nizomga ko‘ra TT tarkibiga nisbatan qo‘yilgan talablarga muvofiqligi borasida;

- loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuskor oldiga qo‘yilgan maqsad va topshiriqlarning imkon qadar aniqligi va asoslanganligi borasida;

b) TIA / TIHning:

- yuqoridagi nizom bilan belgilangan loyihaoldi hujjatlarning namunaviy tuzilishiga, va tasdiqlangan TT nisbatan qo‘yilgan talablarga muvofiqligi borasida;

- qabul qilingan hukumat qarorlari va tasdiqlangan rivojlanish konsepsiyalarini (agar rivojlanish konsepsiyasi mavjud bo‘lsa) 
hisobga olgan holda loyihaning ijtimoiy ahamiyati va uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi borasida;

- loyihada nazarda tutilgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan mavjud bo‘lgan va rejalashtirilayotgan ehtiyoj borasida;

- loyihada nazarda tutilgan teхnik-teхnologik yechimlarning va uskuna narхlarining eng yuqori parametrlari asoslanganligi borasida;

- loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va хarajatlarni (agar mavjud bo‘lsa) qoplay olishi va hok. borasida.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi
"Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK