Xalqaro mehnat tashkilotining eksperti Iyanatul Islam bilan uchrashuv
05/04/2019 - 15:37 6756
Joriy yilning 3-aprelida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari Tursun Axmedov Xalqaro mehnat tashkilotining eksperti Iyanatul Islamni qabul qildi.
Uchrashuv davomida taraflar Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlarning holati hamda istiqbollari masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, mamlakatimizda axoli bandligini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, axoli bandligi sohasida mazkur tashkilotning asosiy tamoyillariga muvofiq dasturlarni amalga oshirilishi, munosib mehnat sharoitlarini yaratilishi, yurtimiz sharoitida ijtimoiy himoyani va bandlik strategiyasini ta'minlash masalalariga to‘xtalindi.
Tadbir yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti