Energiya samaradorligi - O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning strategik maqsadi

13/09/2016 - 17:34 7927

Joriy yilning 14-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida mahalliy sanoatning asosiy sohalarida band bo‘lgan korxonalar vakillari uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan xalqaro ekspertlar ishtirokida "Energiya samaradorligi sohasida tog‘-kon va metallrugiya, neft-gaz va kimyo tarmoqlari mutaxassislarining salohiyatini oshirish" mavzusiga bag‘ishlangan trening o‘z ishini boshlaydi.

Mazkur trening Jahon banki guruhi va Iqtisodiyot vazirligi qo‘shma loyhasi doirasida o‘tkazilmoqda. Ushbu loyihaning asosiy vazifalaridan biri milliy energetika mutaxassislarining energiya samaradorligi sohasida salohiyatini kuchaytirish hisoblanadi.

Ushbu vazifa, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5-maydagi "2015 – 2019 yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi PQ-2343-sonli qarori bilan belgilangan milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlaridan biri ham hisoblanadi.

Ikki hafta davom etadigan treningda 100 ga yaqin tog‘-kon va metallurgiya, kimyo hamda neft-gaz tarmoqlari korxonalarining mutaxassislari o‘z bilimlarini oshirishlari ko‘zda tutilgan.

"INTEGRATION Environment & Energy GmbH" (Germaniya) va "UBI Consulting" (O‘zbekiston) korxonalari hamda "O‘zbekenergo" Aksiyadorlik jamiyatining Ilmiy-texnik markazi birlashmasi hamkorligida tayorlangan o‘quv dasturiga muvofiq, xalqaro ekspertlar quyidagi mavzular bo‘yicha ma'ruzalar o‘qiydilar:

• Sanoat korxonalarida energetik tekshirish va energomonitoring olib borish;

• Tog‘-kon va metallurgiya, kimyo va neft-gaz tarmoqlarida zamonaviy energiya tejash texnologiyalari;

• Texnologik gazlar, metallurgiya ishlab chiqarishining past potensialli issiqlik manbalari, ortiqcha issiqlik va bosimhamda energiya resurslarining ikkilamchi issiqligidan samarali foydalanish, kichik konlarda mobil kompressor stansiyalardan foydalanishni tatbiq etish va boshqalar;

• Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va sanoatda energiya samaradorligini oshirishining ekologik jihatlari.

O‘quv treningi jarayonida energiya samaradorligi sohasidagi xalqaro ekspertlar tomonidan taqdim etilgan energiya resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanishning muhim masalalari bo‘yicha yetti kunlik nazariy dastur asosida darslar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Nazariy kurs yakunida barcha ishtiroqchilar test sinovlaridan o‘tkaziladi va natijada har bir korxona va tarmoqning eng ilg‘or mutaxassislari aniqlab olinadi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan yigirma nafar ishtirokchi uchun uch kunlik amaliy mashg‘ulot tashkil etilib, unda ishlab chiqarish jarayonida energiya sig‘imini qisqartirishga qaratilgan yechimlarni topish hamda energiya samaradorligi loyihalarini amalga oshirish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy topshiriqlar taklif etiladi. Treningning amaliy qismi, o‘z navbatida, ma'lumotlar tahlili, modellashtirish va yechimlar ssenariylarni tuzish kabi mashg‘ulotlarni qamrab olgan. Shunday qilib, amaliy treningning uchinchi kunida ishtirokchilar keys-stadi, ya'ni vaziyat modellarini taqdim etadilar va sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘z yechimlarini taklif qiladilar.
 
O‘quv jarayonining har bir bosqichi natijasiga ko‘ra ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Energetika sohasida injener-texnologlarning salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ushbu tadbir O‘zbekistonning asosiy sanoat tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarda energiya resurslardan samarali foydalanishiga yordam beradi deb trening tashkilotchilari ishonch bildirmoqdalar.
 
Bu bilan, trening ishtirokchilari o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida tatbiq etishlari, ya'ni, sarflanayotgan energiya xarajatlarini kamaytirishning zamonaviy va samarali yo‘llari taklif qilinishi orqali mahsulot tannarxining pasayishi va raqobatbardoshligi oshirilishi kutilmoqda.

"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish"
loyihasini muvofiqlashtirish guruhi