Matbuot birifingi o‘tkazildi

30/10/2015 - 19:36 10328

Bugun Iqtisodiyot vazirligining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida, “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining ish bilan bandligidagi sifat o‘zgarishlari” masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi matbuot birifingi o‘tkazildi.

Mazkur brifingda O‘zbekiston Axborot agentligi, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi, “UZREPORT” axborot agentligi va qator bosma ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Birifingda vazirlik mutaxassislari tomonidan mavzuga bag‘ishlangan taqdimot namoyish etildi. Taqdimotdan so‘ng, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. Birifing jonli muloqotlar ruhida bo‘lib o‘tdi.