Namangan va Andijon viloyatlarida sanoat korxonalarinig energiya samaradorligi oshirilmoqda
10/04/2015 - 14:59 7545
2015-yilning 7-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, "O’zbekenergo" DAK, MOTIE (Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energiya vazirligi), KOPIA (Koreyadagi fotoelektr sanoati uyushmasi), va Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida Namangan viloyatidagi Pop tumanida 130 kW umumiy quvvatiga ega sinov quyosh fotoelektrik stantsiyaning ochilishi marosimini tashkil etdi. 8-aprel kuni esa, Andijon shahrida Iqtisodiyot vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi guruhi Ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari uchun seminar uyushtirdi. Mazkur seminar doirasida, OAV vakillari “Andijonbiokimyo” AJ va Kichik GES YuFK-1-da energiya samaradorligini oshirish ishlari bilan tanishish uchun tashrif buyurdi. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan uyushtirilgan tadbir-marosimlarda O’zbekiston va Koreyaning energiya samaradorligi mutaxassislar, tijorat banklar, "O’zbekenergo" DAKning expertlari va jurnalistlar qatnashdi.
Namangan viloyatidagi Pop tumanida bo’lib o’tgan quyosh fotoelektrik stantsiyaning ochilishi marosimi O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'rtasidagi yaqin iqtisodiy hamkorlikning yorqin misollardan biri deb aytsa bo’ladi. Koreya delegatsiyasi vakillarining fikrlariga ko’ra, ijobiy iqlim sharoiti sababli O’zbekistonda mazkur stantsiyaga o’xshagan ob’yektlarni o’rnatishi milliy va xalqaro iqtisodiyotiga yuqori samarasini beradi. "O'zbekenergo"DAK ekspertlarining fikricha esa, Pop tumanida qurilgan stantsiyasi sinov ravishda taqdim etilgan bo’lsa ham, u yerda quyosh energiya ishlab chiqarish tajribasini olib, O'zbek mutaxassislar yuqori quvvatli quyosh energiya ishlab chiqaruvchi zavodlarni yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Andijon shahrida bo’lib o’tgan Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun uyushtirilgan seminar mobainida Jahon bankining O'zbekistondagi faoliyati haqida qisqa ma’lumot berildi, hamda barqaror rivojlanish jarayonida energiya samaradorligi va energiya tejash siyosatining o’rni haqida batafsil so’zlab berildi. Bundan tashqari, Jahon banki va loyiha muvofiqlashtirish guruhi vakillari "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasining asosiy maqsadlari, vazifalari va faoliyati haqida taqdimot namoyish etdi. Mazkur loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklarining ahamiyatiga alohida e'tibor qaratildi. Ma’lumki, loyihada uchta bank - “Asaka” DATB, “O’zsanoatqurilishbank” ATB, “Hamkorbank” ATB - ishtirok etadi.
Loyiha haqida batafsil ma'lumot olib, OAV vakillari energiya samarali texnologiyalarni joriy etish zarurligini o’rganish uchun ushbu loyihada qatnashayhayotgan sanoat korxonalarga tashrif buyurdi. Jurnalistlar delegatsiyasiga AK "Andizhonbiokimyo" va Kichik GES YuFK-1 korxonalardagi o'zgarishlarni tasvirlab borishga imkoniyati berildi. Shunday qilib, Andijon zavodida yangi, samarali energiya uskunalar o'rnatishi bilan energiya iste'moli 1,5 barobardan ortiq kamayishi kutilmoqda.
Tashkilotchilarning ishonchi komilki, OAV vakillari tadbirlarda batafsil ma’lumotlarni olib, “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyiha doirasida erishgan yutuq va o’zgarishlar haqida o’z vaqtida va sifatli tarzda respublikamizning keng jamoatchiligiga yetkazib beradi.