Mamlakatimizda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining roli

31/03/2015 - 11:54 15630

2015 yilning 31 mart kuni Iqtisodiyot vazirligining kichik majlislar zalida “Mamlakatimizda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining roli”ga bag‘ishlangan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Foto: Shohruh A'zamov / mineconomy.uz


Foto: Shohruh A'zamov / mineconomy.uz

PRESS-RELIZ
Mamlakatimizda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining roli

Erishilayotgan barcha yutuqlarimiz istiqlol yillarida yaratilayotgan huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy kafolatlar, yengilliklar va imtiyozlar evaziga qo‘lga kiritilmoqda.

Kichik shaharchalar va qishloqlarda banklarning filiallari, minibanklar ochilmoqda, ijtimoiy infratuzilma shakllantirilmoqda, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun keng sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda.

Ta'kidlash joizki, yaqin o‘tmishda aholi o‘z iste'moli uchun birlamchi mahsulotlarni hamda qurilish materiallarini shahardan olib kelgan bo‘lsa, bugun ularning katta qismi, jumladan, meva-sabzavot konservalari, kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, charm-poyabzal mahsulotlari, gilamlar, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar qishloqlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

2014-yilda faqatgina hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 200 mingdan ortiq muqim ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 232 mingdan oshishi mo‘ljallanmoqda.

Jumladan, sanoat sohasida umumiy qiymati 5,4 mlrd. dollar bo'lgan 5,4 mingdan ortiq loyihani amalga oshirish hisobiga 115,7 mingdan ziyod, xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali 14 mingga yaqin, yangi savdo va maishiy xizmat obyektlarini ishga tushirish va mavjudlarini kengaytirish hisobidan 66,8 mingdan ziyod hamda qishloq xo‘jaligi sohasida 48,8 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratilish ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, Investitsiya dasturi doirasida 2014-yilda mahalliy xom ashyoni yuqori texnologiyalar asosida qayta ishlashni ta'minlaydigan 154 ta yirik loyihalar, jumladan, “Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasida” Damas rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish, Jizzax viloyatida sement ishlab chiqarish zavodini tashkil etish, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini to‘liq modernizatsiya qilish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Mang‘it korxonasi bazasida yigiruv ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish hisobiga  jami 7 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

2015-yil Investitsiya dasturiga muvofiq mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish evaziga jami 7,4 mlrd.dollar qimatidagi 158 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 6 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.