O‘zbekistonda sanoatni dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini va sanoat simbiozi bo‘yicha milliy dasturni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi

06/07/2022 - 17:24 3349

Joriy yilning 5–6-iyul kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda konsultantlar konsorsiumi ko‘magida O‘zbekistonda sanoatni dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasini va sanoat simbiozi bo‘yicha milliy dasturni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar bo‘lib o‘tdi.

LDK “Consultants Engineers and Planners SA”  (Gretsiya) konsorsiumi; “Juru Energy Limited”  (Buyuk Britaniya); “International Synergies Ltd”  (Buyuk Britaniya); Jahon banki tomonidan yo‘llangan “Unicase Law Firm”  (O‘zbekiston) O‘zbekiston hukumatiga dekarbonizatsiya va sanoat simbioziga oid innovatsion texnologik yechimlarni ishlab chiqishda yordam bermoqda.

O‘zbekiston sanoat sektorini dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasiga ekologik-sanoat parklarini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar, shuningdek, texnik jihatdan maqbul va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, milliy dasturning asosiy elementlari va amalga oshirish strategiyasi kiradi.

Ikki kunlik seminar davomida maslahatchilar tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlar namoyish etildi. 

Sanoatni dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan sanoatni dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha konsentratsiyani rag‘batlantirish, shuningdek, dekarbonizatsiya rejasi mavjudligi uchun qo‘llab-quvvatlash, mukofot olish va yillik ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida to‘g‘ri sharoit va mexanizmlarni yaratishga qaratilgan.

Seminarning birinchi kunida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zeltexsanoat”  uyushmasi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish assotsiatsiyasi”, “O‘zkimyosanoat” AJ kabi uyushmalar, idoralar va O‘zbekiston tashkilotlari ishtirok etdi. 

 

Ikkinchi kuni vazirlik, idora va tashkilotlar: Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Toshkent shahar “KSZ” direksiyasi, “Maxsustrans” DUK, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ ishtirok etdi.

Maslahatchilar uzoq muddatda dekarbonizatsiya potentsialini baholashdi. Har bir dekarbonizatsiya chorasining prognoz qilingan vaqtga ta’sirini qo‘llash sanoatning hozirgi kundan 2050-yilgacha dekarbonizatsiya egri chizig‘ini olish imkonini beradi. Dekarbonizatsiya yo‘li O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bir qancha muhim qarorlari bilan uzviy bog‘liqdir. 

Sanoat zonasi sifatida Toshkent shahar markazida joylashgan kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun “Yakkasaroy” kichik sanoat zonasi (KSZ) tanlandi. MPZ tarkibiga to‘qimachilik, metallar, oziq-ovqat va ichimliklar, qog‘oz, sellyuloza va kimyoviy moddalar kabi milliy ahamiyatga ega tarmoqlar klasterlari kiradi.

“Yakkasaroy” sanoat zonasida o‘tkazilgan baholash dekarbonizatsiyaning salmoqli salohiyatini ko‘rsatdi. Asosiy natijalar:

- Tarmoqlar o‘rtasida 12 ta sinergiya aniqlandi, ularning ba’zilari “KSZ”dagi resurslarning muvofiqligiga asoslanadi.

- Hamkorlik sohasida amalga oshirish uchun yangi texnologiyalarni joylashtirish yoki joriy etishni talab qiladigan tarmoqlar o‘rtasida 15 ta sinergiya loyihalari mavjud.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va sharhlar bilan tanishdilar. Shuningdek, taklif etilgan tavsiyalar bo‘yicha aniq misollar va amaliy natijalar asosida xulosalar chiqarildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati