Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchisi bilan uchrashuv

14/04/2022 - 17:05 3527

Joriy yilning 12-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norkulov va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchisi Tim Torlot o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxodjayev, Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti direktori Utkirjon Xolbadalov, Kambag‘allikni qisqartirish strategiyasini yuritish boshqarmasi boshlig‘i Sobir Xaytmuratov hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida, tomonlar yashil iqtisodiyotni rivojlantirish borasida mamlakatda amalga oshirilayotgan loyihalarni o‘zaro muvofiqlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlari va yoshlar ishtirokini kuchaytirishni muhokama qildilar.

     Bundan tashqari, hududlarni rivojlantirish rejalarida “yashil” o‘sish tamoyillarini ham nazarda tutish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholiga mazkur masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, tomonlar barqaror iqtisodiy o‘sish, yashil loyihalarni hayotga tatbiq etish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

     Uchrashuv so‘ngida, tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati