O‘zbekiston Iqtisodiy Forumida Global yetakchilar tomonidan mamlakatning “Iqtisodiy va barqaror rivojlanish” kun tartibi muhokama qilindi

04/10/2021 - 09:57 3816

Yashil iqtisodiyot, inklyuziv o'sish va kelgusi besh yilda iqtisodiyotning yarmidan ko'pini xususiylashtirish davlatning qaytarilmas iqtisodiy islohotlari markazidadir.

• Vengriya OTP banki Ipoteka bankining 75% aksiyasini sotib olganini e'lon qildi;

• Hukumat Navoiy kon -metallurgiya kombinatini IPOga chiqarishni rejalashtirmoqda;

• 2021-yilda YaIM prognozi 7% ni tashkil qiladi;

• Forum islohotlarning yangi bosqichini va Hukumatning xususiylashtirish dasturini belgilaydi;

• Inson kapitali va ko‘nikmalarini rivojlantirish — iqtisodiy o'sishning yangi imkoniyatlari markazida.

  • O'zbekistonning pandemiya, iqlim o'zgarishi va kambag'allikka qarshi kurashdagi ta'sirchan harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan munosib e'tirof etilmoqda.
  • Shaffoflikning kuchaytirilishi, korporativ boshqaruvning yaxshilanishi va global hamkorlikning kuchayishi mamlakatda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash uchun zarur bo'lgan dadil va innovatsion yechimlarni taqdim etishda katta ahamiyatga ega.

Toshkent, O'zbekiston, 2021-yil 30-sentyabr O'zbekistonda mamlakat tarixidagi eng yirik iqtisodiy forumning ikkinchi kuni boshlandi, unda mamlakat islohotlari dasturi va xususiylashtirish dasturining yo'l xaritasi muhokama qilinib, uning doirasida davlat aktivlarining to'rtdan uch qismini yoki iqtisodiyotning 50 foizidan ko'pini xususiy kapital qo'liga topshirish rejalashtirilmoqda. Forum mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligi tomonidan bozor iqtisodiyotini barpo etish — valyuta bozorini liberallashtirish, narxlarni pasaytirish va soliqlarni kamaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar dasturining ishga tushirilganligining 5 yilligi munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

Butun dunyodan kelgan xalqaro moliya institutlari, biznes vakillari va sarmoyadorlar so'nggi 5 yil ichida erishilgan yutuqlarni muhokama qilish uchun Toshkentga tashrif buyurishdi.

Shuningdek, ular keyingi bosqich uchun poydevor qurilishini jadallashtirish yo'llarini, shu jumladan, xususiy sektorni kengaytirish yo'llarini o'rganib chiqdilar. Kun tartibida COVID-19, diversifikatsiya qilish va malaka oshirish, kambag'allik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash kabi muhim masalalar bo‘yicha hamkorlikni takomillashtirish bo'yicha mulohazalar o'tkazildi.

Forum ma'ruzachilari davlat korxonalari va banklarini o'zgartirish, xususiylashtirish, kapital bozorini rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik istiqbollari kabi mavzular bo'yicha jahon, mintaqaviy va tarmoq istiqbollarida o'z g'oyalari va tavsiyalari bilan o'rtoqlashdilar.

Xususiylashtirish dasturi — qat'iy va inklyuziv chora-tadbirlar.

 O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun qiziqarli va noyob voqea hisoblanadi. Iqtisodiyot va jamiyatni liberallashtirishga qaratilgan dastur xususiy sektorni rivojlantirishni jadallashtirish, bir vaqtning o'zida xalqaro investorlar uchun jozibador imkoniyatlar yaratish uchun "qat'iy va inklyuziv chora-tadbirlar" ni nazarda tutadi.

Forumning birinchi kunida bir qator shartnomalar va memorandumlar imzolandi, shu jumladan, Vengriyaning OTP banki O'zbekistondagi yirik banklardan biri Ipoteka bankini sotib olishi, iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalar dasturini shakllantirish, Toshkent shahar markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti tizimini ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko'rsatish va boshqarish uchun Veolia bilan DXSh bo'yicha 30 yillik shartnoma, shuningdek, "Coca-Cola Bottlers Uzbekistan"ni xususiylashtirilish jarayoning muvaffaqiyatli yakuni to'grisidagi imzolashlar o'tkazildi.

Ikkinchi kunga mo'ljallangan bir qator bitimlar tajriba almashishni yanada samarali tashkil etish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda jamiyatni barqaror rivojlantirish va atrof-muhitga g'amxo'rlik qilishda mamlakatni qo'llab-quvvatlashning asosiy maqsadi bo'lgan global hamkorlikning yangi yo'nalishini ishlab chiqishni davom ettiradi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati