Vengriya Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi bilan uchrashuv

21/05/2021 - 10:49 4110

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqaritish vazirligida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqaritish vazirining birinchi o'rinbosari Ilhom Norqulovning Vengriya Bosh-vazirining iqtisodiy masalalar bo'yicha katta maslahatchisi Marton Nad boshchiligidagi Vengriya hukumat delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun: Marton Nad Matvey Korvin nomidagi Budapesht universitetning iqtisodiyot fakultetining bitiruvchisi, bank va moliya tizimida katta tajribaga ega xalqaro darajadagi taniqli ekspert va tahlilchi.

Uchrashuv davomida Vengriya hukumat delegatsiyasi tomonidan O'zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin bo'lgan aniq amaliy tavsiyalar bilan bir qatorda o'z mamlakatlarining tajribasi asosida ish o'rinlarini yaratish va aholining zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha rivojlanishning inklyuziv modellari yuzasidan ma'lumot taqdim etildi.

Bundan tashqari, tomonlar davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, xususan transformatsiya va xususiylashtirish; transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish; kambag‘allikni qisqaritish bo'yicha chora-tadbirlar, shu jumladan Vengriyalik mutaxassislarni jalb qilish bilan hududlarda kambag‘allikni qisqaritishga qaratilgan tadbirlarni o'rganish, ushbu yo'nalishda ko'rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, shuningdek, sohasidagi fundamental, ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi sohalarda Vengriya tajribasiga asoslangan ekspert va maslahat yordamining amaliy jihatlarini muhokama qildilar;.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilab olishdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqaritish vazirligi

Axborot xizmati