Oliy maktab va hududiy filiallar tomonidan o'quv kurslari tashkil qilindi
17/02/2021 - 19:39 6902
Aholi qatlamlari (yoshlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlikka o'qitish, tadbirkorlarni biznes boshqaruv ko'nikmalarini shakllantirish, korxona xodimlarining kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgust PQ-4804 sonli “Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan hamda, 2021 yil 27 yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida o'tkazilgan “Yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi kengaytirilgan tarzda videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan.
Mazkur yig'ilishning 5-son bayonnomasi tegishli bandlari ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil 15 fevraldan Oliy maktabning Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 viloyatdagi hududiy filiallarida qisqa muddatli o'quv kurslari boshlandi.

Ushbu o'quv kurslari iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, hududlarda aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi, biznes va tadbirkorlik sohasida zaruriy ko'nikmalarni shakllantirish, ularning turmush tarzini yaxshilash va ish bilan bandligini oshirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kuchaytirishga xizmat qiluvchi katalizator vazifasini o'taydi.
Bunda aholini (yoshlar va xotin-qizlar)ni tadbirkorlikka qiziqishi va manfaatdorligi bo'lgan qatlamlarini tadbirkorlikka keng miq'yosda jalb etish, kambag'allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish ko'zda tutilgan.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallarining asosiy maqsadi va vazifasi barcha viloyatlarda aholini biznes va tadbirkorlikka o'qitish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, tadbirkorlarni sonini ko'paytirishdan iborat. Bu tadbirlar o'z navbatida viloyatlarni iqtisodiy o'sishiga, mahalliy byudjetlarga soliq tushumlarini oshishiga, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga olib keladi.

Ushbu kurslar orqali respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, Oliy maktab tomonidan 43120 ta aholini tadbirkorlikka o'qitish bo'yicha istiqbolli reja tuzilgan. Mazkur rejani amalga oshirish borasida Oliy maktab respublikamizning yetakchi vazirlik va idoralari bilan samarali hamqorlikni yo'lga qo'ygan.
O'quv kurslar uchun ma'ruza, amaliy seminarlar, mahorat darslari (master klass)dan iborat bo'lgan, 30 soatdan 120 soatgacha mo'ljallangan quyidagi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha o'quv dasturlar ishlab chiqilgan:

O'quv dasturlarga tinglovchilarni muvaffaqiyatli tadbirkorlar korxonalarida ish faoliyati bilan joylarga chiqib tanishtirish tadbirlari kiritilgan.
Oliy maktab va uning hududiy filiallarining birinchi darajadagi ishlar jumlasiga o'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kiritilgan.
O'quv kurslari yakunida tinglovchilar tanlagan faoliyat yo'nalishlariga qarab biznes-reja tuzadilar va test topshiradilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o'tgan tinglovchilarga kurs yakuni bo'yicha sertifikatlar topshiriladi.
O'quv jarayoni sifatini ta'minlash maqsadida o'quv kurslarini so'nggi kuni tinglovchilar orasida qayta aloqa o'rnatish uchun anonim so'rovnoma o'tkaziladi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, o'quv kurslarini tashkillashtirishdagi muammolar hal etiladi va o'quv jarayonining sifati muntazam ravishda yaxshilanib boriladi.
Kurs qatnashchilarining ta'lim olishi, bilimi va ko'nikmalarini oshirish, ta'lim jarayonini to'laqonli tashkil qilish uchun, o'quv auditoriyalari zamonaviy va barcha qulayliklarga ega jihozlar bilan to'liq ta'minlangan.

Eng avvalo, o'quv-kurslarini sifatli tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi doimiy ravishda to'liq tahlil qilinmoqda va qo'shimcha ravishda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar belgilanib, amalga oshirish yo'lga qo'yilgan.
Yuqoridagi o'quv kurslarida qatnashish istagida yurgan fuqarolar, tashkilot va idora xodimlari Oliy maktabning Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 viloyatlardagi hududiy filiallariga quyidagi manzillar bo'yicha murojaat qilishlari mumkin:

O‘quv kurslari bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va treninglar o‘tkazishda sifat, qiymat va natijaga e'tibor beriladi.
Bizning yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarimiz siz uchun zarur bo‘lgan kurslarni tanlashda yordam berishga tayyorligini bildiradi!
Mazkur imkoniyatdan foydalaning va biz bilan birga bilim va ko‘nikmalaringizni oshiring!
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati