Yaponiya elchisi bilan yangi sohalarda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan onlayn uchrashuv
16/12/2020 - 23:13 8469
Joriy yilning 10-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama oʻrtasida mavjud sohalar boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash va hamkorlik loyihalarining koʻlamini kengaytirish boʻyicha onlayn suhbat boʻlib oʻtdi.
Qolaversa, Yaponiya tomoni Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligi sohasida unumdorlikni oshirish borasidagi izchil loyihalarni takomillashtirish borasidagi islohotlariga qiziqish bildirib, sohada hamkorlikni yanada rivojlantiruvchi loyihalar boʻyicha ishlash taklifini bildirib oʻtdi.
Oʻz navbatida, Oʻzbekiston tomoni Yaponiya davlati shu kungacha mavjud loyihalar bilan cheklanib qolmasdan, bir qator yangi soha va loyihalar, jumladan, inson kapitalini rivojlantirish, IT sohasi, sun’iy intellekt kabi loyihalar va boshqa infratuzilmalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni va bular boʻyicha takliflarni kutib qolishini bildirib oʻtdi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar oʻzaro hamkorlikning yangi jabhalarida ish boshlashdan va hamkorlikni yanada mustahkamlashdan mamnunligini bildirishdilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati