Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish

17/02/2020 - 12:55 6109

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida “Milk Euro Food” MChJ QK 2019-2020 yillar davomida bir nechta subloyihalarni amalga oshirmoqda. Xususan, energiya tejovchi 150 ta muzlatgich sotib olish yirik loyihalardan biri bo'ldi.

Mavjud eskirib qolgan sutni qayta ishlash va pishloq ishlab chiqarish uskunalarini almashtirish, shunindek mahsulotlarni zamonaviy energiya tejaydigan sovutgichlarda saqlash loyihalarini amalga oshirish, yangi uskunalarning zamonaviy, yuqori texnologiyali va energiya samaradorligi bilan izohlanadi. Bu esa, yiliga 20 foiz energiya sarfini tejashga imkon beradi.

Loyihaning qiymati 57 000,0 AQSh dollari, shundan XTTB mablag'lari - 17100,0 AQSh dollarini tashkil etadi. Moliyalashtirish “Infinbank” ATB yordamida amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda eng yuqori energiya iste'moli yiliga 2,059 MVt/soatni, modernizatsiyadan so'ng esa yiliga 1,533 MVt /soatni tashkil etadi.

Natijada, o'rtacha yillik energiya iste'moli yiliga 0,526 MVt/s gacha kamayadi, energiya sarfining ulushi esa 25,54 foizni tashkil qiladi.