Andijonda energiya samaradorligi bo'yicha tadbirlar bo'lib o'tdi

29/10/2019 - 12:17 7623

28 oktyabr kuni Andijon shahrida, Yoshlar saroyi binosida energiya tejamkor uskunalari savdo yarmarkasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2013 y. PQ-4422-sonli qarori va "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tashkil etilgan yarmarkada ishtirokchilar energiya tejaydigan uskunalar ishlab chiqaruvchi “Endüstriyel Elektrik”, “Fusunkor”, “Mega Trans Energy”, “Grupart”, “QIE solar technology”, “Hududgaz Andijon”,  “E-cover”, “Solar Power”, “Oftob Nur” va boshqa kompaniyalarning  mahsulotlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

Ko'rgazmada “HAN’ kompamiyasi o'zi ishlab chiqaradigan elektr dvigatellar yordamida harakatlanadigan ekologik toza transport vositalarini taqdim etdi.

Yarmarkaga 300 dan ortiq kishi tashrif buyurib, ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalar o'rnatish, shuningdek, energetika sohasidagi eng yangi mahsulotlar bilan tanishish uchun imkoniyat yaratildi.

Yarmarkadan so'ng Namangan viloyati hokimligi rahbariyati, Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini muvofiqlashtiruvchi guruh hamda “Endüstriyel Elektrik” va “All solar” kompaniyalarning vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda tadbirkorlar, hududiy va mintaqaviy elektr tarmoqlari va gaz ta'minoti korxonalari vakillari, sanoat korxonalari rahbarlari ham ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar dolzarb masalalar bo'yicha o'z nuqtai nazarlarini bildirish, mamlakatda energiya samaradorligini rivojlantirish borasidagi muhokamalarda ishtirok etish, shuningdek ushbu soha etakchi mutaxassislarining fikrlarini eshitish imkoniyatiga ega  bo'ldilar.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi

"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish"

loyihasi muvofiqlashtirish guruhi