Foydali va qiziqarli trening

17/04/2018 - 15:40 12028

Joriy yilning 17 aprel kuni Iqtisodiyot vazirligida vazirning 2018-yil 10-apreldagi 26-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash, shuningdek, yosh xodimlarning professional-kasbiy darajasini yuksaltirish, ko‘p yillik ish stajiga ega xodimlarning ishni tashkil etishda to‘plagan malaka va tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida “Makroiqtisodiy barqarorlik” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni vazir B. Xo‘jayev ocharkan, jamoaning 35 foizini tashkil etgan yosh xodimlarga murojaat qilib, ushbu tadbirdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad va vazifalarga qisqacha to‘xtaldi.  

Trening materiallarini vazirlikda va ta'lim sohasida ko‘p yillik boy tajribaga ega bo‘lgan, vazirlik Ta'lim va fanni rivojlantirish dasturlari bo‘limi boshlig‘i Abbos Nabixo‘jayev taqdimot qildi.

Tadbir o‘ta jonli, mazmunli bo‘lib, mavzu yuzasidan o‘zaro fikrlar almashildi.

Axborot xizmati