Tadbirkorlar diqqatiga!

17/08/2017 - 15:31 12565

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va beznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihalari tayyorlandi.

Hujjat loyihalari tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatidagi mavjud muammolarni o‘rganish, shuningdek ularga litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning ahvolini tanqidiy tahlil qilish asosida tayyorlandi.

Yuqoridaga masalalarni hal etish va tadbirkorlik rivoji uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ta'sirchan va samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Sizdan mazkur hujjat loyihalarining jamoatchilik ekspertizasida va muhokamalarida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Hujjat loyihalari O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yagona portaliga joylashtirilgan: 

https://regulation.gov.uz/ru/documents/1580  

https://regulation.gov.uz/ru/documents/1581