“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi: faoliyat va natijalar”

14/06/2017 - 18:24 10580

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-oktabrdagi 06/1-669-sonli topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi tomonidan Jahon banki ko‘magida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi: faoliyat va natijalar” (.zip, 1,3Mb) deb nomlangan risola tayyorlandi.

Risolada respublika tijorat banklari va Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan istiqbolli energiya samarador subloyihalarning so‘nggi yutuqlari hamda erishilgan natijalar keltirilgan.

Risola sanoat korxonalari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar hamda keng jamoatchilikning energiyani tejash hamda energiya samaradorligi bo‘yicha davlat loyihalari haqida xabardorligini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.

Murojaat uchun telefonlar: 232-64-19, 232-64-97.