Rossiyalik jurnalistlar bilan uchrashuv
29/11/2016 - 17:21 13171
Joriy yilning 29-noyabr kuni Iqtisodiyot vazirligida vazir o‘rinbosari Sh.Ismoilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasining yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing uyushtirdi.
Sh.Ismoilov chet ellik jurnalistlarni mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi erishgan iqtisodiy yutuqlari, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorligi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirdi.
Tadbirda Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va monitoringi bo‘limi boshlig‘i Yo.Fayzullayev, To‘lov balansini ishlab chiqish va monitoringini olib borish bo‘limi boshlig‘i B.Maxmudov hamda Tashqi savdo balansi, eksport zaxiralarini jalb qilish, eksport hajmi va nomenklaturasi kengaytirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i A.Urunovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv rossiyalik jurnalistlarning savollariga javoblar bilan yakunlandi.
Iqtisodiyot vazirligining Axborot xizmati